“Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidenti mavqeini olish


2017 yil 3 oktyabr kuni Fanlar akademiyasi binosining kichik zalida “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti mavqeini olish uchun innovatsion ishlanmalar taqdimoti yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi




Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zkimyosanoat” AJ va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi hamda loyiha rahbarlariga o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan Quyidagi loyihalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi:

  1. “Organik o‘g‘itlarni ishlab chiqarishini tashkil etish” loyihasi.
  2. Tashkilot: “Yildiz Ihtiyac Madeleri Gida Toptan Pazarlama San.Ticaret Ltd.STI” (Turkiya).

  3. “Innovatsion texnologiyalarga asoslangan yerlariga ishlov beradigan “OneTrip. OneTripPlow” bir bosqichli o‘tish qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish”.
  4. Tashkilot: Tursunov B.A. XT

  5. “Topinamburning mahalliy navlari asosida ekologik toza, tarkibida innulin mavjud bo‘lgan biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish”.
  6. Tashkilot: “Mehnat Gigiyenasi” UK.

  7. “TOR portativ moslamasini ishlab chiqarishni tashkil etish”.
  8. Tashkilot: “Idea Impex” MChJ.

  9. “Lekar antibakterial parfyumeriya-kosmetika krem va mazini ishlab chiqarishni tashkil etish”.
  10. Tashkilot: “Oyniso Shifo” oilaviy korxonasi.

  11. “I-Limb, i-Limb pro qo‘l va oyoq protezlarini (1-bosqich), i-Vision bionik ko‘zni (2-bosqich) ishlab chiqarishni tashkil etish”.
  12. Tashkilot: «Mingbaev’s Academy of Robotics» oilaviy korxonasi.