Loyihalar tanlovining ilmiy-texnik muammolari ro‘yxatiga kiritilgan yangi mavzular


Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun e’lon qilingan tanlovga taklif etilgan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-texnik muammolari ro‘yxatiga qo‘shimcha mavzu kiritildi




O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yil hosili uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona joylashtirish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish prognoz hajmlari to‘g‘risida» 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qaroridan kelib chiqib, Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun e’lon qilingan bajarilishi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar va bajarilishi 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan maqsadli innovatsiya ishlanmalari tanloviga taklif etilgan ilmiy-texnik muammolari ro‘yxatiga «Sholi, sabzavot va dukkakli ekinlarning yuqori hosildor va tezpishar yangi navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini joriy etish» mavzusi ham kiritilganligini ma’lum qiladi va mazkur yo‘nalishdagi loyihalar tanlovga qabul qilinadi.