Hududlarda mahorat darslari o’tkazildi


“Ilmiy tadqiqotlar uchun elektron axborot resurslari” mavzusida Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi



“Web of science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tashkillashtirish bo‘yicha 2017 yilda o‘tkaziladigan o‘quvlar va seminarlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 14 sentabr kuni Qo‘qon davlat pedagogika institutida, 20 sentabr kuni Buxoro davlat universitetida “Ilmiy tadqiqotlar uchun elektron axborot resurslari” mavzusida mahorat darslari o‘tkazildi. Bunda, viloyatlardagi barcha oliy ta’lim va ilmi muassasalar, shuningdek Hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazlari vakillari ishtirok etishdi.

Ilmiy muassasalar va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, dissertatsiya ishlari va nashr faolligi darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda Web оf Science tizimiga milliy obunaning shartlari va talablari, ilmiy tadqiqotlar va dissertatsiya ishlarining axborot ta’minoti, Ebsco Information Services ma’lumotlar bazasi va Web оf Science tahliliy tizimlar bilan ishlash yo‘llari bo‘yicha Fan va texnologiyalar agentligi xodimlari hamda E-LINE PRESS kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Mahorat darslari ishtirokchilari hisoblangan viloyatlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar, doktorantlar, o‘qituvchilar, magistrantlar, axborot resurs markazlari yetakchi xodimlari va ilmiy jurnallar muharrirlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.