JICA SATREPS


JICA SATREPS dasturi doirasida loyihaviy takliflar bo‘yicha 2018 yilga talabnomalarni saralashga oid tanlovini e’lon qildi



Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (JICA) Yaponiya hukumatining beg‘araz yordamiga oid “Fan va texnologiyalar sohasida barqaror rivojlanish uchun tadqiqot hamkorligi” (SATREPS) Dasturi bo‘yicha 2018 fiskal yilga talabnomalar yangi tanlovini e’lon qildi.

Shu bilan birga, istiqbolli loyihalarni o‘rganib chiqish vaqtida, Yaponiya tomonining Dastur ishtirokchilariga qo‘yilgan talablariga e’tiborni qaratish zarur (SATREPS Yaponiyada Yaponiya tadqiqot institutlari bilan bevosita hamkorlik qiladigan tadqiqot institutlariga mo‘ljallangan).

Shu munosabat bilan, istaganlar o‘zlarining istiqbolli loyihaviy takliflarini, shuningdek to‘ldirilgan talabnomalarini o‘rganib chiqish va JICAga yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga joriy yilning 26 sentyabriga qadar taqdim etishlari mumkin.

SATREPS dasturi doirasida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari

Ushbu dastur doirasida manfaatdor tadqiqot institutlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha istiqbolli loyihaviy takliflarni taqdim etishlari mumkin:

  1. Atrof-muhit masalalarini global miqyosda hal qilish;
  2. Kam uglerodli hamjamiyatni joriy etishga qaratilgan energiya tizimlari;
  3. Bioresurslarni barqaror ishlab chiqarish va ulardan foydalanish imkoniyati;
  4. Tabiiy ofatlarni oldini olish bo‘yicha ilmiy texnologiyalar;
  5. Yuqumli kasalliklarga qarshi choralar.
Talabnoma shakli Loyihaviy taklifning shakli va mazmuni

91.0 KB

417 KB