Texnopark rezidenti statusini olish uchun innovatsion ishlanmalar tanlovi


O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar Agentligi va “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi hamkorlikda Texnopark rezidenti statusini olish uchun innovatsion ishlanmalar tanlovini o‘tkazmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Yashnobod tumanida uyushtirgan safari chog‘ida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan, bularni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida» Farmoni va Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarori qabul qilingan. Ushbu hujjatlarga asosan Toshkent shahri hududi innovatsion hududga tenglashtiriladi va shahar hududida innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar texnopark rezidenti statusini qabul qilish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Hozirgi kunda «Yashnobod» innovatsiya texnoparki Direksiyasining faoliyati tashkil qilingan va rezidentlik statusini olish uchun arizalar qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. Texnopark rezidenti statusiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bir qancha imtiyozlarga ,shu jumladan 10 yil muddatgacha soliqlardan ozod bo‘lish, yillik 7% stavka bo‘yicha 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit olish va Yashnobod innovatsiya texnoparki hududida ishlab chiqarish maydonlariga ega bo‘lishlari mumkin.

Bugungi kunda, 3D printerlar va ko‘p funksiyali onlayn kassa apparatlari ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha 2 ta korxonaga rezidentlik statusi berilgan.

Endilikda Toshkent shahrida joylashgan ishlatilgan buyumlar savdosiga ixtisoslashtirilgan “Yangiobod” bozori «Yashnobod» innovatsiya texnoparkining ishlab chiqarish maydoniga aylanadi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrda №686 -sonli «Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» tegishli qaroriga qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra Toshkent shahar xokimiyatiga ikki oylik muddat davomida Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozorini Bektemir tumaniga ko‘chirish shu bilan birga bozor maydonining yarmini DUK «Yashnobod innovatsiya texnoparki direksiyasi»ga berish vazifasi topshirilgan. Rasmiy boshqarish xuquqi asosida qabul qilinadigan 7,5 gektarlik maydonda mahalliy va xalqaro mutaxassislarning innovatsion respublikada yangi loyiha bo‘la oladigan ilmiy ishlanmalarining ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida, texnopark rezidentlariga yer ajratish mo‘ljallanmoqda.

DUK «Yashnobod innovatsiya texnoparki direksiyasi»ning manzili: Toshkent sh. Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi №5 (mo‘ljal - Aviasozlar madaniyat saroyi).

«Yashnobod» innovatsiya texnoparkida o‘z innovatsion loyihasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish va rezident bo‘lish istaganlar yuqoridagi manzilga hamda Fan va texnologiyalar agentligining Texnologiyalar transferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish bo‘limiga ariza topshirishlari mumkin. tel: (71) 233-25-65, f.rakhimov@uzscience.uz, d.akhmedova@uzscience.uz.