Yosh olimlar uchun loyihalar tanlovi e'lon qilindi


Fan va texnologiyalar agentligi bajarilishi 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda “Akademik harakatchanlik-2018” davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun loyihalar tanlovini e’lon qiladi.



O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasining 2017 yil 31 iyuldagi 1-son majlis bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Yosh olimlar fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda “Akademik harakatchanlik-2018” davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish uchun loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari Dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha Nizomga muvofiq, tanlovda ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’i nazar, 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga (ikki yil muddatda) hal etiladigan fundamental va amaliy muammo aniq ko‘rsatilgan va kutiladigan ilmiy natijasi Ekspertlar guruhi tomonidan baholanishi mumkin bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi.

Loyihalar qabuliga tegishli barcha zarur ma’lumotlar, loyihalarni rasmiylashtirish tartibi va asosiy qoidalarini quyida joylashgan havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish 2017 yil 25 oktyabr 24:00 gacha https://fan-portal.uz saytida qabul qilinadi.

Loyihalarni 2017 yil 1 noyabriga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 14.00 dan 18.00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish boshqarmasi: 232-05-33;

  • Texnika fanlari bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 233-69-61;

  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 236-73-75;

  • Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 233-69-23;

  • Tabiiy fanlar bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi: 233-24-53;

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha): 236-73-29.

Talablar va muammolar
Fundamental va amaliy tadqiqotlar Akademik harakatchanlik-2018

101 KB

121 KB

Loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazilish - fan-portal.uz