Ilmiy-texnik kengash

Joriy yilning 20 sentyabr kuni «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasida ilmiy-texnik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi e’lon qilgan loyihalar tanlovida ishtirok etish va takliflarni ko‘rib chiqish hamda tanlab olish uchun joriy yilning 20 sentyabr kuni «O‘zpaxtasanoateksport» XKda ilmiy-texnik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kengashda «Paxtasanoat ilmiy markazi» mutaxassislari va tegishli talablarga javob beradigan boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlangan paxta tozalash texnika va texnologiyasi sohasidagi tadqiqot loyihalari muhokamaga taqdim etiladi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan manfaatdor shaxslar – boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan olimlar tanlovning salohiyatli ishtirokchilari sifatida jalb qilinadi.

Loyihalarda ishtirok etishni istaganlar yuqoridagi mavzu bo‘yicha «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining ilmiy-texnik kengashiga o‘z loyihalarini taqdim etishlari mumkin.