Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti yakunlari

Joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti yakunlandi


Joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari Ostona shahrida bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida IHT ga a’zo 57 ta davlatning Fan va ta’lim bo’yicha vazirlari va delegatlar ishtirok etdi.

10 sentyabrda O’zbekiston delegatsiyasi EXPO-2017 xalqaro ixtisoslashgan ko’rgazmasiga tashrif buyurib, energiya tejash va yangi materiallar sohasida Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Isroil, Qozog’iston va boshqa davlatlar olimlari tomonidan yaratilgan ishlanmalar bilan tanishdi.

11 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyar agentligi Bosh direktori Mahmudjon Boltabaev boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi Sammitning ikkinchi kunida ishtirok etdi.

Tomonlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Ostona deklaratsiyasida aks ettirilgan Ilm-fan va texnologiyalarga bag’ishlangan navbatdagi sammitni o’tkazish to’g’risidagi taklifini qo’llab-quvvatladi.

Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy xotirasiga bag’ishlab O’zbekistonda yosh matematiklar olimpiadasini o’tkazishga kelishildi.