«Web of Science» tibbiyot yo‘nalishidagi tadqiqotlarda

"Web of Science" ilmiy ma’lumotlar bazasidan tibbiyot yo‘nalishidagi tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlari" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 12 sentyabr kuni Fan va texnologiyalar agentligi ko‘magida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Web of Science" ilmiy ma’lumotlar bazasidan tibbiyot yo‘nalishidagi tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlari" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningni institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Shuxrat Ataxanov ochib berdi.

Seminar-treningni «E-line Press» kompaniyasining elektron axborot resurslari bo‘yicha mutaxassisi Em Yuliya olib bordi.

Seminar davomida taqdimot va onlayn master-klass namoyish etildi, unda “Web of Science” ma’lumotlar bazasidan tibbiyot tadqiqotlarida foydalanish tartibi, ilmiy ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish xususiyatlari, uning yutuqlari, afzalliklari, shuningdek, yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan nashriyotlarda ilmiy maqolalar chop etilishi keng yoritildi. Bundan tashqari, Endnote va Researcher ID ning funksional imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi va bu seminar ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu seminarda professorlar, dotsentlar, assistentlar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, ilmiy hodimlar va yosh tadqiqotchilar qatnashishdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib ularga batafsil javob olishdi.