Oliy ta’limdan keyingi ta’lim qabul kvotalari tasdiqlandi

2018 yilda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish uchun qabul kvotalari tasdiqlandi hamda tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi


Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarining yuqori malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida shakllantirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan kelishilgan 2018 yilda davlat byujeti mablag‘lari hisobiga tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish uchun qabul kvotasi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 81-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjet mablag‘lari hisobiga 2018 yilda tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Tasdiqlangan qabul kvotalari tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

Tasarrufida oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti mavjud bo‘lgan Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjatlar qabul qilinadi.