Institutning amaliy loyihalari natijalari monitoring qilindi

Joriy yilning 5 iyul kuni Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida amaliy loyihalarning natijalari monitoring qilindi

Joriy yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan amaliy loyihalarning 2017 yil I yarim yilida erishilgan asosiy ilmiy-amaliy natijalari monitoring qilindi.

Qo‘shma yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.Boltabayev, Bosh direktor o‘rinbosari O.To‘ychiyev, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Sh.Axmadjanov, loyiha rahbarlari va mas’ul ijrochilar ishtirok etdi.

Tadbirni Agentlik Bosh direktori M.Boltaboyev ochib berib, yig‘ilganlarga Davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishda jiddiy e’tibor qaratishga, amaliy loyihalar sifatini va tadqiqotlar natijadorligini oshirishga alohida ahamiyat qaratilishi lozimligini ta’kidladi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Agentlikning Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i O.Abduazimov so‘zga chiqib, institutda bajarilayotgan jami 13 ta amaliy loyihaning bajarilishi, bu borada erishilgan amaliy natijalar va bu borada yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, institutda bajarilayotgan amaliy loyihalarning ilmiy rahbarlari hisobotlari eshitilib, ularning savollarga Agentlik mutasaddilari atroflicha javoblar berdilar. Tadbir ochiq muhokama tarzida o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.Boltabayev boshqardi.