Yaponiyaning Nagoya universitetining vakillari bilan uchrashuv bulib o‘tdi


2017 yilning 5 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi vakillari Yaponiyaning Nagoya Universitetining vakillari bilan uchrashdilar.




Mazkur uchrashuv tanishuv maqsadida tashkillashtirilgan bo‘lib, unda Bosh direktorning o‘rinbosari O. Tuychiyev mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining faoliyati, vazifalari va respublikada olib borilayotgan ilmiy-texnikaviy loyihalar haqida aytib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi hamkorlik masalalarini muhokama etishga bag‘ishlanganligi sababli, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasida olib borilayotgan tadbirlar haqida ham batafsil aytildi. Nagoya universitetining vakillari, o‘z navbatida, Nagoya universiteti, ilmiy va o‘quv dasturlari va ustuvor yo‘nalishlariga oid ma’lumotlar berdilar. Bulardan tashqari, ular fan va texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar bilan bog‘liq markazlari haqida ham to‘xtalib o‘tdilar.