Nogironlik sohasidagi tadqiqotlar uchun qirol Salmanning mukofotlariga oid tanlov

Qirol Salmanning markazi “Nogironlik sohasidagi tadqiqotlar uchun qirol Salmanning mukofotlari” bo‘yicha tanlov e’lon qildi va ushbu tadbirning maqsadi – nogironlikni oldini olish va uning oqibatlarini yumshatish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni ommaviylashtirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashdir



Nogironlik sohasida intellektual ijodkorlikka, ilmiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi Nogironlik sohasidagi tadqiqotlar uchun qirol Salmanning mukofotlarini berilishiga mas’ul bo‘lgan qo‘mita imkoniyati cheklangan shaxslar va ularning oilalarida nogironlikni oldini olish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan vositalarni, yechimlarni va muqobil yo‘llarni topish, nogironlik sohasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan tadqiqotchilar va olimlarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadlarida, qirol Salman markazi “Nogironlik sohasidagi tadqiqotlar uchun qirol Salmanning mukofotlari”ni ta’sis etdi.

Mukofot nogironlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha beriladi:

  1. Salomatlik va tibbiyot (nogironlik sohasidagi tadqiqotlar).
  2. Ta’lim va maorif (nogironlik sohasidagi tadqiqotlar).
  3. Malaka oshirish va ijtimoiy rivojlanish (nogironlik sohasidagi tadqiqotlar).

“Mukofotni berish to‘g‘risidagi Nizom”ning 6-moddasida nazarda tutilgan shartlariga va qoidalariga muvofiq bo‘lgan olimlar yoki tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlari ushbu jahon mukofotiga sazovor bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, mukofot bilan taqdirlanishga oid nomzodlardan arizalar quyidagi tashkilotlar va muassasalardan qabul qilinadi:

  • Nogironlik va nogironlar masalalari bilan shug‘ullanayotgan ilmiy tashkilotlar, tadqiqot markazlari, tashkilotlar va muassasalar, mahalliy va mintaqaviy darajadagi akademik muassasalar, universitetlar. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, nomzodlar faqat ko‘rsatilgan muassasalardan qabul qilinadi.
  • G‘oliblar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan mukofotni topshirish marosimiga taklif qilinadilar. G‘olibga uning nomi yozilgan sertifikat va unga mukofotni olish uchun tayyorlagan tadqiqotining rezyumesi beriladi. Shuningdek, unga medal va 500000 Saudiya reali miqdorida pul mukofoti topshiriladi.
  • www.kscdr.org.sa sayti orqali mukofot haqidagi batafsil ma’lumotni olish, nomzodning anketasini to‘ldirish, nomzodning hujjatlarini elektron tarzda jo‘natish mumkin.

Shuningdek, nomzodning hujjatlarini award@kscdr.org.sa elektron pochta yoki oddiy pochta orqali yuborish mumkin:


Nogironlik sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha qirol Salmanning markazi

Saudiya Arabistoni Podshohligi

94682, Ar-Riyod, 11614


Arizalarni oxirgi qabul qilish muddati 1439 hijriy yilning 12-rabi-alaxir, ya’ni 2017 yilning 30 dekabrgacha qabul qilinadi.