Agentlikda "Konstitusiya - huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi


O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida "Konstitusiya- huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.




Davra suhbati shaklida o'tgan mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti dosenti, yuridik fanlari nomzodi Feruza Abdurashidovna Muhitdinova o'z ma'ruzasi bilan qatnashdi.

F.Muhitdinova o'z ma'ruzasida Bosh Qomusimiz avvalo inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta'minlash, aholimizning turmush darajasini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati ekanligi qayd etildi.

Ma'ruza davomida Konstitusiyamizni davlat va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg'usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hozirgi kundagi muhim vazifa ekanligi aytib o'tildi.

Shu bilan birga mamlakatimizda korrupsiya illatlariga qarshi kurashish bo'yicha ham olib borilayotgan ishlar xususida fikrlar bildirildi. Xususan 2008 yil 7 iyulda "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risida"gi Qonuni, 2017 yil 3 yanvarda O'zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-son Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son Qarori bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Davlat dasturi qabul qilinganligi, korrupsiyaning salbiy oqibatlari shu bugungina o'zining jirkanch illatlarini ko'rsatmay, balki kelgusi avlodlarga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatishligi tayin ekanligi ta'kidlandi.

Davra suhbati so'nggida yig'ilganlar o'zlarining savollariga javoblarini oldilar va ma'ruzachiga o'zlarining minnatdorchiligini bildirdilar.