Аmaliy seminarlar


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi korxonalarda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining olim va mutaxassislari ishtirokida joylarda amaliy seminarlar o‘tkazildi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 23 oktyabrdagi 108-sonli bayoni 11-bandi uchinchi xat boshi ijrosiga muvofiq Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan olim va mutaxassislar ishtirokida joylarda amaliy seminarlar o‘tkazildi:

  • 22 noyabr 2017 y. “O‘zpaxtasanoat” AJ;
  • 22 noyabr 2017 y. “O‘zbekengilsanoat” AJ;
  • 23 noyabr 2017 y. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK;
  • 24 noyabr 2017 y. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi;
  • 26-29 noyabr 2017 y. “O‘zbekneftgaz” AJ;
  • 28 noyabr 2017 y. “O‘zvinosanoat-Xolding” XK;
  • 28 noyabr 2017 y. “O‘zqurilishmateriallari” AJ”
  • 29 noyabr 2017 y. “O‘zkimyosanoat” AJ.

Joylardagi seminarlar sohalar fani, ta’limi va ishlab chiqarishining integratsiyalashuviga zamin yaratdi.

Seminarlarda tarmoq korxonalarining ilmiy asosda hal etilishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish muammolari oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari mutaxassislari hamkorligida atroflicha muhokama qilindi.

Har bir seminarda soha va ixtisosliklar istiqboli, yangi loyihalar va innovatsiyalar borasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Seminarlar reja asosida joylarda davom etmoqda.