Amaliy tadqiqotlar innovatsion ilmiy-texnika loyihalari tanloviga topshirilgan loyihalarning taqdimotiga qo‘yiladigan talablar


Bajarilishi 2018 – 2020 yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar hamda 2018 – 2019 yillarga mo‘ljallangan maqsadli innovatsion ilmiy-texnika loyihalari tanloviga topshirilgan loyihalarning taqdimotiga qo‘yiladigan talablar.



Taqdimot loyiha rahbarining shaxsan o‘zi tomonidan ma’ruza tarzida tashkil etilib, u ko‘pi bilan 15 daqiqa (7 daqiqa taqdimot, 8 daqiqa savol-javob va muhokama) ga mo‘ljallaniladi.

Taqdimot *.ppt yoki *.pptx formatida bo‘lib, unda quyidagi asosiy punktlar bo‘lishi shart:

  1. Loyihaning
    • dolzarbligi,
    • ilmiy yangiligi,
    • vazifalar asoslanganligi.
  2. Qo‘yilgan vazifalarning bajarilishida aynan loyiha taqdim etilgan tashkilot yoki boshqa tashkilotlar jalb etilishi.
  3. Loyiha mavzusiga aloqador so‘nggi besh yilda shaxsan loyiha rahbarining mualliflik huquqi ob’ektlarining mavjudligi (Web of Science tizimidagi impakt faktorli jurnallardagi ilmiy maqolalar, darslik, patent, monografiyalar va b.) GOST 7.32-2001 xalqaro standarti talablariga muvofiq ro‘yxatda keltiriladi.
  4. Loyiha ijrochilarining esa Web of Science tizimidagi impakt faktorli jurnallardagi ilmiy maqolalari, ilmiy ishlanmalari va b.lar alohida ko‘rsatilishi shart.
  5. Loyiha ishtirokchilarining umumiy soni,
    • asosiy ishtirokchilarning F.I.Sh.,
    • ishtirokchilar rahbarligida bajarilayotgan amaldagi DITD mavjudligi,
    • xo‘jalik shartnomalari soni (mavjud bo‘lmasa mavjud emas deb ko‘rsatiladi).
  6. Loyihani amalga oshirish uchun so‘ralgan mablag‘ miqdori va uning asosi keltirilishi shart