Koreya Respublikasining Fan va texnologiyalar universiteti doktoranturasida tahsil olishga oid stipendiyalar dasturi


O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (FTA) Koreya Respublikasining Fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda 2018-2019 yillar uchun Fan va texnologiyalar universiteti (UST) doktoranturasida (PhD) tahsil olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi



2018 yilda O‘zbekiston uchun biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar va muhandislik kabi yo‘nalishlar ustuvor mavzular etib belgilanadi. Dasturning asosiy maqsadi yosh olimlarga tanlangan fanlarni chuqur o‘rganishda va Janubiy Koreyaning nufuzli ilmiy markazlarida ilmiy ishlarni himoya qilishga imkon berishdan iboratdir.

Tanlovda quyidagi hujjatlarga ega bo‘lgan ishtirokchilar qatnashish huquqiga ega. Hujjatlar to‘plami ingliz tilida bo‘lib, quyidagi materiallarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • Anketa (CV);
  • Tadqiqot rejasi, motivatsion xat;
  • Diplomga taalluqli baholar ilovasining nusxasi;
  • Oliy o‘quv yurtini bitirganligi haqidagi diplom nusxasi (bakalavriat + magistratura) nusxasi (hali diplom olmagan nomzodlar ushbu hujjatni belgilangan muddatlarda olishni tasdiqlovchi oliy o‘quv yurti bergan ma’lumotnomani taqdim etishi kerak);
  • Nomzodning oxirgi o‘qish joyidan olingan oliy o‘quv yurti tavsiyanomasi (rektor, dekan yoki ilmiy rahbar yoki ilmiy muassasa nomidan (tavsiyanoma formati - erkin ravishda);
  • Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi sertifikatning nusxasi - IELTS (min. 6.0);
  • Koreya tomonining ariza shakli (qo‘shimcha ravishda joylashtiriladi).

Loyiha qatnashchilari FTAga hujjatlar to‘plamini taqdim etishadi. Hujjatlarning skaner qilingan nusxalari sh.mamatkulov@uzscience.uz elektron manziliga yuboriladi (har bir hujjat alohida qilib skanerdan o‘tkaziladi). 2017 yil 1 dekabrdan so‘ng topshirilgan hujjatlar to‘plami ko‘rilmaydi.

FTA manzili:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent-100047, Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi, 70

Mas’ul xodim: Mamatkulov Shavkat

Tel.: (998-71) 233-24-29

E-mail: sh.mamatkulov@uzscience.uz

URL: http://www.uzscience.uz