“Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman


2017 yil 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi




O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fanlar Akademiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Ushbu anjuman Respublika ijtimoiy hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy yangiliklar, ixtirolar qilish, innovatsion texnologiyalar yaratish jarayonlariga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish va ijtimoiy faolligini oshirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan anjumanning ilmiy maqolalar to‘plamiga maqolalar qabul qilinadi.

Ilmiy maqolalar ilovadagi talablar asosida rasmiylashtirilishi shart.

AXBOROT XATI:


   55 КB