Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida uchrashuv bo’lib o’tdi


Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi rahbariyati va talaba yoshlar hamda universitetning o’qituvchi-professorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi



Joriy yilning 27 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori o’rinbosari Olimjon To’ychiev tomonidan talaba yoshlar va universitet rahbarlari, shuningdek, ilmiy salohiyatli professor-o’qituvchilar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda O.To’ychiev Fan va texnologiyalar agentligi faoliyati, yosh olimlarga berilayotgan e’tibor, Davlat ilmiy-texnika dasturlarida ishtirok etish shartlari va talablari bilan tanishtirdi.

Tadbir so’nggida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlarida va Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarida faol ishtirok etishiga kelishib olindi.