Ilmiy jurnallarining xalqaro reytingini oshirishga bag‘ishlangan seminar


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekiston ilmiy jurnallarining xalqaro reytingini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi




Joriy yilning 25 oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va “Clarivate Analytics” kompaniyasi (AQSh) hamkorligida “O‘zbekiston ilmiy jurnallarining xalqaro reytingini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda ilmiy jurnallar rahbarlari, muharrirlari, doktorantlar, ilmiy xodimlar, yosh olimlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 iyundagi 642-F son farmoyishiga muvofiq, Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarning salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish, milliy tadqiqotchilarni ilg‘or ilmiy-texnika adabiyotlaridan va jahon ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilmiy ishlarni chop etish sifatini oshirish hamda xalqaro ilmiy kooperatsiyani rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. Shu bilan birga O‘zbekistonda chop etilayotgan ilmiy jurnallarning roli, sifati va obro‘sini oshirish orqali xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Ilmiy tadqiqotlar, ilg‘or texnologiyalar borasidagi iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi tarraqiyotni barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi faol almashish orqali ta’minlaydi. Ushbu tadbir milliy tadqiqotchilarni dunyoning yetakchi nashriyotlar va agregatorlarning jahon elektron ilmiy-ta’lim resurslari bilan tanishtirishiga, shuningdek, yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish hamda milliy ilmiy jurnallarni ommalashtirish uchun sifat darajasini yaxshilash bo‘yicha zarur talablar haqida ma’lumotlar olishga ko‘maklashadi. Qolaversa, “WEB of SCIENCE” ilmiy ma’lumotlar bazasidagi jurnallar qatoriga O‘zbekistonda chop etilayotgan ilmiy jurnallarni kiritish yuzasidan muharrirlar uchun xorijiy mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari O‘zbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy ilmiy natijalarini dunyoga olib chiqishda Web of Science platformasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashdi. Chunki bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 7,500 dan eng nufuzli ilmiy tashkilotlar, universitetlar va davlat idoralari Web of Science tizimidan foydalanib kelmoqda.

Seminarda xalqaro talablardan kelib chiqib, maqola taqdim etish tartibi, xorijiy ilmiy maqola tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu esa, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, yosh olimlar, doktorantlarning ilmiy ishlarini natijadorligi darajasini, respublikadagi ilm-fan nufuzini oshiradi, shuningdek O‘zbekistonni jahon ilmiy-tadqiqot va innovatsion makoni bilan uyg‘unlashishga imkon yaratadi.

Bu kabi tadbirlar ilmiy jurnallarimiz saviyasi oshib borishiga xizmat qiladi.

Muhokama uchun mavzular:

  • “WEB of SCIENCE” ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ilmiy nashrlar va maqolalarni loyihalashtirish va taqdim etish bo‘yicha xalqaro standartlar;
  • Iqtibos keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
  • O‘zbekiston va xorijiy ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari va usullari;
  • Ilmiy jurnallarning ma’lumotlar bazalarini shakllantirish;
  • Ilmiy nashrlar va maqolalarni rasmiylashtirish va ularni “WEB of SCIENCE” ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim qilishning xalqaro standartlari.

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.R. Boltabayev kirish so‘zi bilan tadbirni ochdi.

Seminarda “Clarivate Analytics” va uning O‘zbekistondagi rasmiy vakolatli organi “E-LINE PRESS” kompaniyalari mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Tadbirda quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilindi:

  • ilmiy tadqiqotlar uchun kerakli resursni izlash, ilmiy ishlarni tahlil qilish va targ‘ib qilishda ko‘maklashish;
  • Rossiya ilmiy jurnallari, ular reytingining metodologiyasi va ushbu reytingning muvaffaqiyati tahlili;
  • doktorantlar, yosh olimlar uchun xalqaro ilmiy jurnallarda zamonaviy ilmiy maqola standartlari va maqolalarni nufuzli jurnallarda nashr qilish talablari va qoidalari;
  • Zamonaviy ilmiy jurnallar elementlari;
  • O‘zbekiston ilmiy jurnallarining milliy ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni "WEB of SCIENCE " platformasiga kiritish.
s