Ilmiy jurnallar muharrirlari diqqatiga!


O‘zbekiston ilmiy jurnallarini xalqaro reytingini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi





O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 iyundagi 642-F sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash yuzasidan, Respublikada Web of Science ilmiy-tahliliy ma’lumotlar ba’zasiga milliy obuna tashkil etildi. Farmoyishda, O‘zbekistonda chop etilayotgan ilmiy jurnallarning muharrirlari uchun Web of Science tizimiga ilmiy jurnallarni kiritish qoidalari va talablari bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 25 oktyabr kuni ilmiy jurnallarning muharrirlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Clarivate Analytics (AQSh) kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida “O‘zbekiston ilmiy jurnallarining xalqaro reytingini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminarda Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan barcha ilmiy jurnallar muharrirlari ishtirok etishlari mumkin.

Tadbirni o‘tkazish joyi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-o‘quv binosidagi faollar zali;

Tadbirni o‘tkazish vaqti – 2017 yil 25 oktyabr, soat 9:30 dan 13:00 gacha