Doktorantlarga imtiyozli ipoteka va 50% qo‘shimcha haq beriladi


Doktorantlar endilikda 50% gacha stipendiyadan qo‘shimcha haq, hamda 3 yil imtiyozli muddatga ega uy-joy sotib olish uchun kredit olishlari mumkin.




Imtiyozli ipotekaning shartlari

Asosiy doktoranturaning 2-kursidan boshlab doktorantlar imtiyozli shartlarda ipoteka olish huquqiga ega. Shaharda ko‘p kvartirali arzon uy-joylardan kvartiraga ega bo‘lish uchun, qishloq joylarda esa – yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit beriladi.

Kreditning shartlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Ko‘chmas mulk turi Boshlang‘ich to‘lov Kredit stavkasi Imtiyozli davr Kredit muddati
Shaharlardagi ko‘p qavatli arzon uy-joylar 25% Dastlabki 5 yil mobaynida 7%, keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 3 yil 25 yil
Ko‘p qavatli uylarning 2-3 xonali uylari, qishloq joylardagi 1 etajli 2-3 xonali uylar 15%
Qishloq joylardagi 2 qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar 25%

Qo‘shimcha haq olish shartlari

Har yili 10 fevraldan 28 fevralgacha Fan va texnologiyalar agentligi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlarga muhtoj bo‘lgan korxona va tashkilotlarga nomzodlarni kiritish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun doktorant quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • xorijiy til bilimiga ega ekanligi haqida sertifikatga ega bo‘lishi kerak (minimum IELTS – 5,5 ball, TOEFL RVT – 567 ball, TOEFL IBT – 87 ball, CEFR – B2 va boshq.);
  • doktorlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chet el nashrlarida kamida 1 ta maqola va VAK ro‘yxatidagi jurnallarda kamida 2 ta nashr;
  • doktorlik dissertatsiya mavzusini korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiqligini asoslash (doktorant va ilmiy rahbar/konsultant tomonidan imzolanadi).

Hujjatlar ekspert guruhlari tomonidan (fan yo‘nalishlari), keyinchalik Idoralararo ilmiy-texnik kengashlari tomonidan (fan sohalari) ko‘rib chiqiladi. Ularning xulosalariga asoslanib, Agentlik 20 martga qadar korxona va tashkilotlarga doktorlik dissertatsiyasining ilova qilinadigan ro‘yxatini tasdiqlaydi. So‘ngra, doktorant, manfaatdor korxona yoki tashkilot o‘rtasida hamda oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida 3 tomonlama shartnoma tuziladi.

Moddiy imtiyozlar korxonalar (tashkilotlar) hisobidan doktorantlar stipendiyasining 50% miqdorigacha amalga oshiriladi.