Ishlab chiqilayotgan me'yoriy xujjatlar

“Ilmiy va innovatsion faoliyat tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi



Fan va texnologiyalar agentligi tamonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyat tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi ommaviy muhokamaga qo'yildi



Amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2017- 2021-yillarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish kabi ishlarni amalga oshirish qayd etilgan.

Shu munosabat bilan, “Ilmiy va innovatsion faoliyat tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Ilovada keltirilgan qonun loyihasi bo’yicha qo’shimcha takliflar joriy yilning 30 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: taklif@uzscience.uz

"O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi" portalidagi qonun muhokamasi bo'limiga havola: https://regulation.gov.uz/ru/documents/1521.