Телефон доверия
Телефон доверия:
(99871) 233 28 37

Ответственное лицо:
Тухтаев.И.В

Рабочие дни:
с понедельника по пятницу

Режим работы:
с 09:00 до 18:00

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnlogiyalar Agentligining «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish to‘g‘risida
REGLAMENT

  1. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnlogiyalar Agentligining «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish to‘g‘risidagi Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxlarlarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan kafolatlangan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar davlat attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmaslik holatlari oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
  2. Ushbu Reglament Agentlikning «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ijro etish tartibini belgilaydi.
  3. Qo‘mitaga «Ishonch telefoni» orqali tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
  4. Jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilishda ularning familiyasi ismi sharifi (pasport ma’lumotlari), yashash joyi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda ariza-shikoyatining mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
  5. Agarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va telefon raqamlari ko‘rsatilmagan yoki sohta ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday murojaat anonim deb topiladi va ko‘rib chiqilmaydi.
  6. Agentlikda murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar va, agar bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborot davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  7. Agentlikning «Ishonch telefoni» orqali tushadigan murojaatlar mas’ul xodim tomonidan murojaatning mazmuni keng bayon qilingan holda yozib olinadi va murojaat qiluvchi shaxsga ko‘rilgan choralar natijasi haqida rasmiy javob yuborish uchun uning F.I.Sh., manzili va telefon raqami haqida ma’lumotlar olinadi. Ushbu ma’lumotlar Agentlikning qabulxonasida belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, rahbariyatga kiritiladi.
  8. Murojaatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 kuni chida, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari Agentlik Bosh direktori tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
  9. Murojaat mazmuniga qarab tegishli bo‘lim yoki mas’ul xodim tomonidan o‘rganib chiqiladi va javob xati Agentlik Bosh direktori imzosi bilan muallifga yuboriladi.