Axborot xizmati


Axborot xizmati xodimi: Ergashev Shamshod Shavkatovich

Telefon:
(99871) 233 47 12
E-mail:
ergashevsh@uzscience.uz
Ish kunlari:
Dushanba-Juma
Ish soati:
09:00 - 18:00

Fan va texnologiyalar Agentligining Axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi qaroriga asosan o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Har chorak davomida Agentlik bo'limlari fan va texnika yutuqlari, ilmiy texnika yangiliklari bo'yicha OAVlarda chiqishlar va uzscience.uz saytiga quyiladigan axborotlar bo‘yicha Ish rejalarni tasdiqlab boradi.

Vazifalari:

  • Agentlik rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
  • Agentlik tizimi faoliyati sohasidagi axborotlarni milliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Agentlik faoliyatining dolzarb jihatlarini yoritish;
  • Agentlik internet tarmog‘ida mavjud veb resurslar faoliyatini doimiy takomillashtirib borish;
  • Agentlik va uning faoliyatiga nisbatan ijtimoiy fikrni vaqti-vaqti bilan o‘rganadi va uning yakunlari bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritib borish;
  • Agentlik va uning faoliyatiga nisbatan respublika va xorijiy OAVlar munosabatini tahlil qilib borish va ular to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qilish;

Funksiyalari:

  • Oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalar va hududiy markazlar hamda milliy va xorijiy OAVlar bilan hamkorlikda bosma materiallarni tayyorlash va chop etish, fan va texnika bilan bog‘liq bo‘lgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlaydi va namoyishini ta’minlaydi;
  • Axborot xizmati o‘zining vazifalarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni Agentlik bo’limlari, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar hamda «Ilmiy-texnika axboroti» Davlat unitar korxonasi bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va qayta ishlaydi;
  • Oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda matbuot anjumanlari, brifinglarni tashkil etadi hamda OAV orqali press-relizlarni tarqatadi;
  • Ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatiga doir teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • fuqarolarning ilmiy-texnika yutuklaridan xabardor kilishga qaratilgan roliklar tayyorlashda va ularning efirga uzatilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
  • Agentlik mas’ul hodimlarining ommaviy axborot vositalari bilan matbuot anjumanlari, brifinglari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etadi;
  • OAVlarda e’lon qilinayotgan Agentlik faoliyatiga oid ijobiy va tanqidiy chiqishlarni tahlil etadi va rahbariyatga axborot kiritadi;
  • Axborot xizmati o‘z faoliyatini bevosita o‘zi, shuningdek, Fan va texnologiyalar Agentligi, Fanlar akademiyasi hamda vazirlik va idoralarning tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  • Axborot xizmati o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining Agentlik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni to‘liq va holisona tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
  • Agentlikning uzscience.uz web-saytini axborot bilan ta’minlash markazi hamkorligida axborotlar bilan ta’minlaydi.