Совещание с участием межведомственных научно-технических советов и экспертных групп


Проведено совещание с участием межведомственных научно-технических советов и экспертных групп по государственным научно-техническим программам




Joriy yilning 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida Davlat ilmiy-texnika dasturlari bo‘yicha Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashlar va ekspertlar guruhlari ishtirokidagi majlis bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibi yuzasidan, Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.Boltabayev Ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish va muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ma’ruza qildi.

Hozirgi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Mazkur sohalarni va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Davlat ilmiy-texnika dasturlarining topshiriqlari va vazifalari ro‘yxatini shakllantirish, mavjud ilmiy va texnik salohiyatni ushbu vazifalarni hal etishga safarbar qilish nuqtai nazaridan Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashlar va ularning ekspert guruhlari tashkil etilib, ularning tarkibi Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.

Ekspertlar tarkibiga jami 294 nafar yetakchi olimlar kiritilgan bo‘lib, ulardan 16 nafari akademiklar, 209 nafari fan doktorlari va 69 nafari falsafadoktorlaridir (PhD).

Davlat ilmiy-texnika dasturlari endilikda manfaatdor korxonalar va ilmiy jamoalarning mutaxassislari ishtirokida ochiq muhokama natijalari asosida shakllantiriladi ya’ni ilmiy loyiha va ishlanmalarni o‘rganish jarayonlarida oshkoralik va shaffoflik ta’minlanadi.

Ma’lumki, tadqiqotlarni tashkil etishda fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tasdiqlangan ustuvorliklar asosida mamlakatda ilmiy-texnika siyosati, davlat ilmiy-texnika dasturlari, oliy malakali kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.

Avvalgi fan va texnologiyalar taraqqiyotining 8 ustuvor yo‘nalishlari negizida 7 ta Davlat ilmiy-texnika dasturlarining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi va har bir yo‘nalishlar bo‘yicha Idoralararo kengashlar tasdiqlandi.

Undan tashqari, mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, kelajakda ma’lum yo‘nalishda liderlikni ta’minlovchi yo‘nalishlar (Yevropa Ittifoqida – biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, axborot texnologiyalari, Janubiy Koreyada – mikroelektronika, Yaponiyada – mikroelektronika va robototexnika) aynan fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari asosida qo‘llab-quvvatlanadi va alohida moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston fanining salohiyatidan kelib chiqib quyidagi yo‘nalishlarni kelgusi yillarda ustuvor etib belgilash taklif etildi:

  1. Biotexnologiyalar sohasida – gen muhandisligi asosida hususiyatlari oldindan belgilangan paxta, bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini yaratish, kimyoviy qo‘shimchalarsiz, mahalliy dorivor o‘simliklar asosida “Yashil farmatsevtika”, xujayra va boshqa texnologiyalar asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘paytirish va samaradorligini oshirish;
  2. Yangi materiallar - olimlarimiz tomonidan mamlakatda mikroelektronika uchun o‘ta o‘tkazuvchan materiallar, fotonika, yadroviy va boshqa innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish asosida noan’anaviy energiya manbalarini yaratish, robototexnika va mexatronikani rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshiriladi. kabi sohalarda faoliyat olib boriladi;
  3. Nanotexnologiyalar soxasida - olimlarimiz suvni o‘ta nozik tozalash uchun nanofiltrlar (farmatsevtika sanoati uchun), nanokatalizatorlar (neft va gaz sanoati uchun), matolarga nanozarrachalar biriktirish (bakteriyalarga qarshi) va kukun metallurgiyasi sohalarida izlanishlar olib boradi.

Qolaversa, “Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari” va “Yosh olimlarning akademik xarakatchanligi” dasturlarini kengaytirish lozim hisoblanadi.

Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yetakchi oliy ta’lim muassasalarida start-ap maydonchalarini tashkil etish, ularni Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida moliyalash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kelgusida davlat dasturlariga ajratilayotgan mablag‘ning kamida 1%ni (2 mlrd.so‘m) talabalar tadqiqotlariga ajratilishi, yoshlarning fanga bo‘lgan qiziqishi, ularning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi.

Majlisda Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengash raislari hamda agentlikning mas’ul xodimlari yig‘ilganlarga tanishtirildi.

Tadbir yakunida ekspert-mutaxasislarning savollariga batafsil javob berildi hamda taklif va tavsiyalar ma’lumot uchun qabul qilindi.

Фотоальбом Презентация

   2.5 MБ