«O'ZBEKISTON - ROSSIYA 2017»

O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi «O'ZBEKISTON - ROSSIYA 2017» qo‘shma O‘zbek-Rus ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ilmiy hamjamiyati orasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda 2016 yilning 11 mayida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va “Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi” federal davlat byudjet muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (FTA) va “Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi” federal davlat byudjet muassasasi qo‘shma o‘zbek-rus ilmiy-tadqiqot fundamental loyihalari tanlovini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha e’lon qiladi:

  • matematika va mexanika sohasidagi tadqiqotlar;
  • yuqori haroratli plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadroli sintez va yadro fizikasi;
  • quyosh energetikasi uchun yarim o‘tkazgichli materialshunoslik sohasidagi va materialshunoslik masalalarini yechish va kvant elektronikasi uchun konsentrlangan quyosh nurlanishidan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar;
  • koordinatsion va supramolekulyar kimyo sohasidagi tadqiqotlar;
  • o‘g‘it va o‘stirish stimulyatorini olish kimyoviy texnologiyalar negizini ishlab chiqish;
  • biomeditsina sohasidagi tadqiqotlar: onkologgik kasalliklar, genomika va dori vositalarni olishdagi yangi texnologiyalar;
  • geofizika sohasidagi tadqiqotlar: yer po‘stlog‘ining jiddiylashgan-deformatsiyalangan holatining monitoringi, qo‘rg‘oqchilik muammolari;
  • tarixiy-madaniy ob’ektlarning ilmiy restavratsiyasi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi istiqbolli qo‘shma o‘zbek-rus loyihalarini tanlab olishdan iboratdir. O‘zbek ilmiy guruhlar qo‘shma loyiha rejasini Rossiya hamkorlari bilan oldindan kelishtirib, so‘ng ishtirokchilar loyiha rejasini elektron shaklda ------- elektron manziliga 2017 yilning 25 avgustiga qadar yuboradilar va FTAga qog‘oz va elektron tashuvchi vositalarda 2017 yilning 29 avgustigacha taqdim etadilar. Belgilangan muddatdan kechikib kelgan loyiha rejalari ko‘rilmaydi. Loyihalar rejasining hajmi yetti varaqdan oshmasligi kerak.

Loyiha-rejasi quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak:

  • loyihaning rahbari, ishtirokchilar tarkibi va hamkorlari haqidagi ma’lumot (F.I.Sh., ilmiy darajasi, rahbar, ishtirokchi va hamkorlarning tashkiloti, lavozimi, maqolalar soni);
  • loyihaning ilmiy maqsadining taqdimoti (maqsad, vazifa, qo‘yilgan vazifani yechish uslubi va yondoshuvi);
  • moliyalashtirishga manfaatdor bo‘lgan tashkilotning ilmiy-texnika holati haqidagi ma’lumot (mavjud ilmiy kadrlarning salohiyati, ilmiy laboratoriya uskunalari, tayyorlov ishlari, mavjud bilimlar, olingan tajriba);
  • olingan natijalarni baholash va foydalanish imkoniyatlari;
  • taxminiy xarajatlar/chiqimlar hajmi (kerakli subsidiyalarning taxminiy hajmi).

Tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘zbek ishtirokchilarining ilmiy loyihalarini moliyalashtirish va bajarish O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Tanlovga taqdim etilgan loyiharni amalga oshirish muddati 2 yil.

Tanlovda ishtirok etish uchun ruhsat etilmaydi:

  • ilgarigi FTA tanlovlariga taqdim etilgan loyihalar;
  • oxirgi besh yil ichida O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan moliyalashtirilgan loyihalar.

Ko‘rib chiqish uchun faqat tanlov shartlariga muvofiq rasmiylashtirilgan loyiha takliflari qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar to‘plami FTAning quyidagi manziliga: 100047, Toshkent, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 70: tanlov nomi - “O‘ZBEKISTON-ROSSIYa 2017” yozuvi bilan jo‘natiladi. Hujjatlar to‘plami quyidagi materiallarni o‘z ichiga olishi kerak:

  1. FTAning bosh direktori – Boltabayev Maxmudjon Rustamovich nomiga xat;
  2. Loyiha rejasi ikki nusxada va elektron forma – CDda (rus tilida);
  3. Yuqori turuvchi vazirlik va idoralaridan arizaning materiallari ochiq matbuotda nashr qilish va chetga chiqarishga taqiqlangan ma’lumotlar yo‘qligi haqida xulosa (chet el loyihalari uchun qabul qilingan shaklda);
  4. Rus hamkorlarining tasdiqlovchi xati (xat namunasi keltirilgan).

Hujjatlar to‘plamining jildida tanlov nomi, tashkilot, vazirlik yoki idoraning nomi, loyiha taklifining mavzusi va loyiha rahbarining F.I.Sh. keltiriladi.



Manzil:
100047, O'zbekiston, Toshkent shahri Yahyo G'ulomov ko'chasi, 70
Mas'ul shaxs:
Mamatqulov Shavkat
Tel.:
(998-71) 233-24-29
E-mail:
mamatqulov@uzscience.uz
URL:
http://www.uzscience.uz

Xat namunasi:


   30 KB