Seminar-ko‘rgazma

“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalar yutuqlari” mavzusida seminar-ko‘rgazma

Joriy yilning 28 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatidagi mavjud muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga qaratilgan “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalar yutuqlari” mavzusida seminar-ko‘rgazma o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentining 2017 yil 16 yanvardagi 07/1-1055 sonli topshirig‘iga binoan, joriy yilning 28 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatidagi mavjud muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga qaratilgan “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalar yutuqlari” mavzusida seminar-ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirning seminar qismi quyidagi 3 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘tkaziladi:

  1. Favqulodda vaziyatlarning monitoringi va prognozi;
  2. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va aholini xabardor qilish;
  3. Favqulodda vaziyatlar oldini olish (profilaktikasi).
  4. Seminar doirasida ilmiy ishlar to‘plami tayorlanadi va nashr etiladi.

    Ko‘rgazma qismida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlanmalar namoyish qilinadi:

    • Favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy xodisalar va texnogen jarayonlarni monitoring qilish hamda bashoratlashning yagona usuli va ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
    • muntazam gidrometeorologik kuzatuvlar asosida sel va suv toshqini xavfi mavjud hududlarni aniqlash usullarini ishlab chiqish;
    • favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy va texnogen hodisalarni modellashtirish usullarini ishlab chiqish;
    • xavfli zonalarni xaritalash ishlarining hisob-kitoblarini yangilash;
    • moddiy zararni baholash usullarini ishlab chiqish;
    • turli favqulodda vaziyatlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish uchun zarur bo‘ladigan kuch va vositalarni hisoblash usulini ishlab chiqish;
    • favqulodda vaziyatlarda avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishda jalb etiladigan kuch va vositalarni hisoblash usullarini ishlab chiqish;
    • aholiga o‘z vaqtida xabar va ma’lumot berishning kompleks tizimini yaratish;
    • termitlarga qarshi kurashning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish.

    Ishlanmalar baner ko‘rinishida (eniga 90 sm, bo‘yiga 150 sm, rangli shaklda) Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.

    Seminar-ko‘rgazmada FVV tasarrufidagi muassasalar, sohaga tegishli boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etadi hamda ilmiy muassasa va oliy o‘quv yurtlari tomonidan taklif etiladigan g‘oyalar, texnologiyalar, loyihalar va ishlanmalarga shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning 10 fevraliga qadar belgilangan tartibda tayyorlangan ishlanmalar va tezislarni taqdim etishingizni so‘raymiz.

    Seminar-ko‘rgazma bo‘lib o‘tib o‘tadigan joy – FVV huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, manzil: Toshkent vil. Qibray tumani, Geofizika qo‘rg‘oni, Anaybuloq ko‘chasi 3-uy.

    Ma’lumotlar uchun: Sh.Ergashev, tel.: 233-7105, e-mail: ergashevsh@uzscience.uz (FTRMQ); U.Kadirov, tel.: 235-9241, e-mail: u.kodirov@fvv.uz (FVV)

    Ilova: Seminar axborot xati va baner namunasi (__ varaqda)

    Baner namunasi:


       955 KB
                 

    Seminar-ko‘rgazma axborot xati:


       22.8 КB