“Texnoprom–2017” Texnologik rivojlanish bo‘yicha xalqaro forum

Novosibirsk viloyati Xukumati “Texnoprom–2017” V Xalqaro forumida (2017 yilning 20–22 iyun kunlari Novosibirsk shahri) ishtirok etish uchun taklif qiladi.

“Texnoprom” Forumi samarali texnologiyalarni o‘rganish va joriy etishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni shakllantirayotgan jahonda tanilgan olimlar hamda ekspertlar, shuningdek sanoat, axborot texnologiyalari va tibbiyotning ilm-fanga asoslangan tarmoqlarini taqdim qilayotgan yetakchi rossiyalik va xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirokida Rossiya Federatsiyasi Hukumati yordamida o‘tkaziladi.

“Texnoprom–2017” yangi sanoat taraqqiyoti sharoitida import o‘rnini bosish hamda iqtisodiyot diversifikatsiyasi muammolariga bag‘ishlanadi. Forum doirasida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir haqidagi batafsil ma’lumot bilan www.forumtechnoprom.com saytida tanishish hamda Forum muvofiqlashtiruvchilari: Ananich Marina Ivanovna (ta’lim, fan, innovatsiya va investitsiya masalalari bo‘yicha Novosibirsk viloyati Gubernator yordamchisi, tel.: +7 913 987 22 26B99A, e-mail: ami@nso.ru);

Sannikov Sergey Viktorovich (Novosibirsk viloyati Gubernatori va Novosibirsk viloyati Hukumati ma’muriyatining xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, tel.: +7 (383) 223 24 30, e-mail: ssvi@nso.ru, deal@nso.ru)dan aniqlashtirish mumkin.