“Maksam-Chirchiq” AJda kengaytirilgan yig'ilish

“Maksam-Chirchiq” AJda Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi holati va korxonaning muammo va takliflari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2017 yilning 6 yanvardagi Ta'lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksi yig'ilishida ko'rsatib o'tilgan topshirig'iga binoan, joriy yilning 19 yanvar kuni “Maksam-Chirchiq” AJda Innovatsiya yarmarkasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi holati va korxonaning muammo va takliflari bo'yicha korxona rahbarlari, muhandislari, FTRMQ, FA, OvaO'MT vazirligi va boshqa ilmiy markazlarning olimlari hamda mutaxassislari o'rtasida kengaytirilgan yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda korxona bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlanmalarning bajirilishida yuzaga kelayotgan oqsokliklarni bartaraf etish va ularni echish muammolari bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi. FTRMQ Ijro apparati rahbari O.Parpiev o'z nutqida korxonaning kelajakdagi istiqboldagi rejalari uchun bir qancha takliflarni ilgari surdi. Toshkent kimyo texnologiyalar ITI direktori prof. A.Turopov 5 ta yangi ishlanmani korxona uchun taklif etdi. Shundan so'ng qisqacha savol-javoblar va muhokamalar bo'lib o'tdi.