IKT



AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI BO‘LIMI





BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Vazifalari:

  • Agentlikda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy maxsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va raxbariyatga taqdim etish;
  • Agentlik faoliyati yo‘nalishlarida statistik, taxliliy va boshqa ma’lumotlar banklarini yaratish. Agentlikning veb-resurslarini ma’lumotlar bilan to‘ldirish, tuzilmasini, tarkibini va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasidagi axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarining Agentlik miqyosidagi ijrosini ta’minlash.

Funksiyalari:

  1. Agentlikda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy maxsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida:
    1. Agentlikda boshqaruv jarayonini kompyuterlashtirish tizimini ishga tushirish;
    2. axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlarni buyruq asosida tayinlash hamda zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash;
    3. internet tarmog‘iga ulanish, ichki lokal tarmoqni ishga tushirish, veb-saytni tashkil etish, yagona himoyalangan elektron pochta va elektron xujjat aylanishi tizimini joriy etish xamda ulardan foydalanish buyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
    4. Agentlikda kompyuter texnikasi, lokal, korporativ va internet tarmoqlaridan foydalanish Tartibini ishlab chiqish, Agentlik xodimlarining mazkur tartib talablariga qat’iy rioya etishlarini nazorat qilish va o‘z ish faoliyatidan tashqari boshqa ishlar bilan shug‘ullangan, internet tarmog‘idan taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni, jumladan, (kino, musiqa, video ko‘rinishidagi va kompyuter ish unumini pasaytiradigan dasturlar) ko‘chirish va tomosha qilishni ta’qiqlash “Tartib” talablariga qat’iyan rioya qilmagan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida raxbariyatga taklif kiritish.
  2. Agentlik faoliyati yo‘nalishlarida statistik, taxliliy va boshqa ma’lumotlar banklarini yaratish va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish sohasida:
    1. ilmiy –texnika davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan konkurslarga kelib tushadigan loyihalarni onlayn qabul qilish tizimini ishga tushirish;
    2. Agentlikning veb-resurslarini ma’lumotlar bilan to‘ldirish;
    3. ma’lumotlar bazasi va veb-resurslari tuzilmasini, tarkibini o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  3. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolati doirasidagi axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarining Agentlik miqyosidagi ijrosini ta’minlash sohasida:
    1. bo‘lim faoliyatiga ta’lluqli normativ–huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
    2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlarni joriy etish va rivojlantirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha Agentlik biznes-rejasi va xarajatlar smetalarida alohida bandlar ko‘rsatish yuzasidan takliflar, ish-rejalar, chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
    3. Agentlikning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, kelishish uchun Elektron xukumat bo‘linmasiga yuborish va Agentlik raxbariga tasdiqlash uchun taqdim etish;
    4. Agentlikning korporativ tarmog‘ini, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmog‘i, dasturiy-apparat vositalari, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratish bo‘yicha loyixalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.